Foto: Korrespondent

Shtab a’zolari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, tushuntirish ishlari olib bormoqda, tashkiliy – texnik masalalarni hal qilmoqda.

Elchixonaning rasmiy veb-saytida va Facebookdagi sahifasida, Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Uzbek students in Korea” guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.

Elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi va fuqarolarimizning konsullik-huquqiy ahamiyatdagi va boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko‘maklashmoqda. Xususan, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo‘lib turgan barcha O‘zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.

Operativ shtab bergan ma’lumotga ko‘ra, 3 mart ertalab holatiga ko‘ra Koreya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Elchixona yana bir bor hamyurtlarimizga o‘z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi. Koreya Respublikasi Hukumati ilg‘or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog‘liq bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi (+82) 2 574-65-54; (+82) 2 577-36-60
Zokir Saidov (+82) 10-7281-7731
Alisher Abdusalomov (+82) 10-3213-1972
Erkin Xodjayev (+82) 10-2674-7798
Akbarjon Turayev (+82) 10-6659-4504
Xaydar Fayziyev (+82) 10-6802-1969
Abdumannon Isanov (+82) 10-3213-4505
Ayubxon Abdullayev (“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi) (+82) 10 8718-6850
Alisher Sulaymonov (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi)
(+82) 10-9910-0057