Foto: Protoday

Ilk bitimning muvaffaqiyati sarmoyadorlarning Oʻzbekiston bozorining yuqori sifatli qarz oluvchilariga boʻlgan qiziqishini namoyish etadi.

“Mablagʻlar 12 va 18 oylik transhlar shaklida berildi. Investorlar tomonidan talab qarz oluvchining qarzga boʻlgan ehtiyojidan sezilarli darajada oshdi va 135 million yevroga etdi”, – deyiladi xabarda.

“Alfa-bank” korporativ va investitsion biznesi direktori Andrey Chulakning soʻzlariga koʻra, debyut bitimning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi investorlarning Oʻzbekiston bozorining yuqori sifatli qarz oluvchilariga boʻlgan qiziqishini namoyish etadi.

“Jalb qilingan mablagʻlar “Asaka” bankiga kredit portfelini oshirish, yuqori sifatli chakana moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston iqtisodiyotining strategik sohalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bitim yangi qarz olish uchun imkoniyatlarni ochib beradi”, – dedi “Asaka” banki raisi oʻrinbosari Boboxon Abdullayev.

Ma’lumot uchun, “Asaka” banki 1995 yilda tashkil etilgan. Bank filiallari respublika boʻylab joylashgan.