Foto: Google

Ta’kidlanishicha, futbol o‘yini vaqtida bomba o‘rnatilgan mototsikl tomoshabinlar tomonga yo‘naltirilgan. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlangan.

“Tolibon” harakati vakili Zabihulloh Mujohid bu portlashni bir necha hafta avval imzolangan zo‘ravonlikni kamaytirish bo‘yicha shartnoma muddati tugaganligi bilan izohladi. Shuningdek, u yaqinda imozlangan tinchlik shartomasining shartlari to‘la bajarilmayotganidan norozi ekanligini bildirdi.

“Zo‘ravonlik kamaytirish shartnomasi muddati allaqachon tugadi va bizning harakatlarimiz odatdagidek davom etadi. AQSH – “Tolibon” kelishuviga binoan bizning mujohidlarimiz xorijiy kuchlarga hujum qilmaydi, ammo bizning operatsiyalarimiz Kobul ma’muriyati kuchlariga qarshi davom etadi”, dedi harakat vakili Zabihulloh Mujohid.

Vashingtonda Pentagon rahbariyati hujumning ahamiyatini pasaytirmoqchi.

“Tolibon” yakka guruh emas. Unda bir nechta terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda … Shuning uchun biz buni kim qilganini aniq bilmaymiz”, dedi kecha, 2 mart kuni Bosh shtab boshliqlari raisi general Mark Milliy.