Foto: O’zA

Hujjatda keltirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ilm va maʼrifat, axborot texnologiyalari, mehnat munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish imkoniyati asossiz ravishda cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, shuningdek, xalqaro standartlarni inobatga olgan holda 2020-yil 1-sentyabrga qadar davlat siri deb hisoblangan maʼlumotlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish hamda keyinchalik uni maxfiylikdan chiqarish choralarini koʻradi.