Joriy yilning 24 fevralidan 1 martgacha IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan 16 696 ta qoidabuzarliklar qayd etildi, shulardan 2 862 tasi – qo‘pol tarzdagi qoidabuzarliklardir. Bu safar yo‘l belgilarini mensimaslik holatlarigina 2 826 marta uchradi, yo‘l chizmalari esa – 854 marta. Boshqa raqamlar bilan taqdim etilgan jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Hurmatli yo‘l harakati qatnashchilari! Xavfsiz va qulay yo‘l – bu har birimizning orzuimizdir. Bunga erishish uchun barcha haydovchi va piyodalar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, yaqin atrofda radarlar, YPX inspektorlari yoki videoregistratori bo‘lgan haydovchilar bo‘lmagan taqdirda ham qoidalarni buzmasliklari zarur. Yo‘l harakati qoidalarini har yili qayta o‘qib turing, deyiladi xabarda.