Foto: O’zA

Farmonga ko‘ra, Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida:

-2020 yil 1 maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari tomonlarning murojaati mavjud bo‘lgandagina prokuror tomonidan suddan talab qilib olinadi;

-2020 yil 1 apreldan boshlab 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan shaxslarni O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy etiladi;

-2020 yil 1 noyabrga qadar apellyasiya va kassasiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi;

-2020 yil 1 iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizasiya qilinadi;

-2020 yil 1 dekabrdan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi;

-2020 yil 1 dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan ma’muriy jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lash rag‘batlantiriladi.