Foto: RIA novosti

“To’plangan so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 835 yangi infeksiya holati, o’lim bilan yakunlangan 11 ta yangi holat. Umuman olganda, ushbu ma’lumotlarni hisobga olsak, infeksiyani yuqtirish holatlari soni 2336 ga yetdi, vafot etganlarning 77 nafarga yetdi. Ammo 435 kishi tuzalib ketgani quvonarlidir “, dedi “IRINN” kanaliga Eron sog’liqni saqlash vazirligi rahbarining o’rinbosari.