Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Joriy yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro buyurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamda “O‘zbekneftgaz” AJning “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganish davomida Muborak tumani “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli Gazni xo‘jalik hisoblash tizimi hududi atrofida joylashgan “IDEAL GRANT BINOKOR” MChJ rahbari U.Qurboniyozov ishtirokida jamiyatga qarashli issiqxona tekshirildi.

Issiqxonadagi tabiiy gazdan foydalanish holatlari bo‘yicha olib borilgan tekshiruvda hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha keltirilgan zarar miqdorlari hisob – kitob qilinib

“IDEAL GRANT BINOKOR” MChJdan davlat foydasiga undirish va tegishli chora ko‘rish uchun Prokuratura organiga kerakli ma’lumotlar taqdim etildi.

Yuqoridagi noqonuniy holatni vaqtida nazorat qilmagani va uning kelib chiqishini oldini olmagani, e’tiborsizligi, yetarlicha nazorat qilmaganligi tufayli “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” rahbari o‘rinbosari – bosh muhandis egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852 – moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) tartibida dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda va “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” rahbari o‘rinbosari – bosh muhandisining ushbu “jinoyat”ga aloqadorligi holati tegishli tartibda o‘rganilmoqda.