Foto: Daryo

“Hozir menga Xitoydan talabalar chiqishdi. Ular 3 kishi. Xabar berishlaricha, Pekin—Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotga bilet olishgan, ammo reys qoldirilgan va talabalarga pullari ham qaytarib berilmagan. Hozir 3 nafar yurtdoshimiz Pekin aeroportida pulsiz, umidsiz ahvolda o‘tiribdi.

Bular:

  1. Hakimov Ulug‘bek
  2. Shafoatov Rustam
  3. G‘afforova Nargiza

O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi, Xitoydagi elchixona vakillaridan iltimos qilib qolamiz, ushbu talabalarga yordam bering. Xitoydagi boshqa yurtdoshlarimizdan ham iltimos qilib qolaman, bolalar juda tushkun kayfiyatda. Hali ular juda yosh, oralarida qiz bola ham bor. E’tiborsiz, taqdir qo‘liga qolib ketishmasin”, — deyiladi xabarda.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘plab mamlakatlar tomonidan Xitoy bilan aviaqatnovlar bekor qilinishi sababli Pekin shahri aeroportida qolib ketgan 3 nafar talaba – O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida 2-fevral kuni OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan va diplomatlar muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.