Foto: “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati

O‘rganish davomida “O‘chqir” siquv kompressor stansiyasi va “O‘chqir” propan – butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida bajarilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan shaxsan tanishib chiqqan Boshqaruv raisi muammoli masalalar yechimi yuzasidan o‘z takliflarini hamda “O‘chqir” siquv kompressor stansiyasi joriy yilning aprel oyida ishga tushirilishi va to‘liq holatda ishlashi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ma’lumot uchun, “O‘chqir” siquv kompressor stansiyasi o‘z ish faoliyatini boshlasa, kunlik gaz qazib chiqarish hajmi 2 million metr kubga ortadi.

Sentabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan “O‘chqir” propan – butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi o‘z faoliyatini boshlasa, propan – butan qazib olish surati kunlik 200 – 210 tonnagacha oshishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari “O‘chqir” propan – butan aralashmasini ajratib olish qurilmasining yillik quvvati 80 ming tonna bo‘lgan suyultirilgan gaz, yiliga 37 ming tonna barqarorlashgan gaz kondensiati olish rejalashtirilgan.