Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi axborot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, anjuman doirasida Samarqand shahri hokimi Bobur Obloqulov Al-Azhar majmuasi shayxi Ahmad Toyyibga “Samarqand shahri faxriy fuqarosi” unvoni berish haqidagi qarorni o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan shayx Ahmad Toyyib “Samarqand shahri faxriy fuqarosi” unvonining berilishi katta ehtirom ekani, bundan juda mamnun ekanligini izhor qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholanayotgani, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib borayotganini aytib o‘tdi.