Foto: Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan, “COVID – 19” koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya – karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi nazorat tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorikda tizimli faoliyat olib borilmoqda.

Afsuski, yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlar aholining sarosimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirga tushmasliklarini, agar ushbu holat bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raydi, deyiladi.