Bu haqida"Huquqiy axborot" yozmoqda.
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati

Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida:

  • 2020 yildan boshlab paxta xomashyosi ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasi, uning narxi davlat tomonidan belgilanmaydi va davlatga majburiy g‘alla sotish hajmi 25 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 yilda litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamida ikki baravarga qisqartiriladi;
  • 2020 yil 1 iyundan boshlab aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshiriladi, zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini ko‘paytiriladi;
  • 2020 yil 1 iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport – kredit agentligi tashkil qilinadi;
  • 2020 yil 1 iyundan mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil’ va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensasiya to‘lanadi;
  • 2020 yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi va 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.