Foto: “O‘zbekoziqovqatxolding” axborot xizmati

Bugunga kelib binafsha gullaridan tayyorlangan qandolat mahsulotlarini Yevropa do‘konlarida uchratish mumkin. Ayniqsa Avstriyaning Vena shahrida bunday shirinliklar ommabop hisoblanadi. Shaharga tashrif buyurgan sayohlar ko‘pincha “Demel” qandolat do‘koniga kirib o‘tishadi. Bu o‘sha Bavariya qirolichasi Yelizavettaga shakarlangan gul barglari yetkazib bergan o‘sha mashhur do‘kon bo‘lib, u 1786 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi.