Foto: Sputnik

Taʼkidlanishicha, Nur – Sultan shahrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va Eron MOQ bosh kotiblari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtgan. Uchrashuvda 2021 yildan Markaziy Osiyo oʻyinlarini qayta tiklash masalasi koʻrib chiqilgan. Barcha MOQ vakillari ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashgan va bu borada oʻz fikrlarini bildirishgan.

“Oʻzbekiston tomoni ham mazkur tashabbusni maʼqulladi. Biroq Markaziy Osiyo oʻyinlari musobaqasida delegatsiyamizning rasman ishtirok etish masalasi Hukumatimiz bilan kelishilgan holda hal etiladi”, deyiladi bayonotda.

Xabarda Oʻzbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi masalasiga oydinlik kiritilgach, qoʻmita bu haqda alohida rasmiy bayonot berishi qoʻshimcha qilingan.