Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 57 yoshli Z.E.da (erkak) joriy yil 3-iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Google

Aniqlanishicha, unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, parkinsonizm kasalligi bilan ham og‘rigan.Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Mavzuga doir:
111-o’lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 34 yoshli homilador ayol vafot etdi
110-o’lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli ayol vafot etdi

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.