Xitoy Xalq Respublikasi Sog’liqni saqlash bo’yicha davlat qo’mitasining xabarida aytilishicha, o’tgan kun davomida mamlakatda koronavirusning 46 ta yangi holati va 68 asemptomatik tashuvchisi aniqlangan, 19 nafar bemor kasalxonadan chiqarilgan.

Foto: Sputnik / Anna Ratkoglo

Aniqlanishicha, 46 ta yangi holatdan 35 tasi mahalliy (22 tasi Shinjon-Uyg’ur avtonom viloyatida, 13 tasi Liaonin viloyatida), qolgan 11 tasi chet eldan kelganlarda aniqlangan.

Umumiy olganda, Xitoyda epidemiya davrida jami 83 830 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 78 908 kishi ushbu kasallikdan sog’aydi, 288 nafar bemor kasalxonalarda qolishmoqda va 4634 kishi esa infeksiya qurboniga aylandi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. 

Mavzuga doir:
Xitoyda dunyodagi eng baland attraksion yana o’z ishini boshladi
Xitoy diplomatlari Xyustondagi bosh konsullikni tark etishdi – OAV
Xitoyda uch asrni ko‘rgan eng keksa onaxon 134 yoshini nishonladi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 643 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.