Yakshanba kuni KXDR mamlakatda yangi tipdagi koronavirusni yuqtirishga gumon qilingan birinchi holatni e’lon qildi, deya xabar berdi Koreya markaziy Telegraf agentligi.

Foto: RIA Novosti

Bu holat Keson shahrida aniqlangan. Qayd etilishicha, 19-iyul kuni COVID-19’ga chalinganligi gumon qilinayotgan shaxs Janub bilan Shimol o‘rtasidagi harbiy-demarkatsiya chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tib vataniga qaytgan.

KXDRda epidemiyaga qarshi kurash tashkilotining ma’lum qilishicha, ushbu odamning test tahlillari noaniq natijani ko‘rsatgan. Uni qat’iy karantinga joylashgan, rasmiylar u bilan aloqada bo‘lgan odamlarni aniqlashga urinyapti.

Shu munosabat bilan Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining siyosiy byurosi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda shaxsan KXDR raisi Kim Chen In ishtirok etdi. Uning qaroriga binoan, Keson shahri yopib qo‘yildi, shahar tumanlari bir-biridan ajratib qo‘yildi, favqulodda holat tartibi joriy etildi.

Mavzuga doir:
Kim Chen In nima uchun koronavirus Shimoliy Koreyaga kirmaganligini izohladi
OAV: Shimoliy Koreya rahbari omma oldida ko‘rinish berdi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 643 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.