Shu yilning 25-iyul kuni mamlakatimizda 592 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Foto: SSV axborot xizmati

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2 nafar, Jizzax viloyatida esa 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahrida, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida jami 359 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 952 nafar bemordan 10 831 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9010 nafar bemordan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 176 nafar, statsionar karantinda esa 26 098 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.