Foto: IIV axborot xizmati

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Buxoro viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir davomida 27 fevral` kuni soat 15:20 larda Buxoro shahrida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi 34 yoshli R.F. muassasa oshpazi F.e.ning jiyani D.M.ni tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilish evaziga 250 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan R.F.ga Jinoyat kodeksining 210 – moddasi 1 – qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.