2020-yil 25-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19,952 (+197) nafarni tashkil etmoqda.

foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 169 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Toshkent viloyatida 146 nafar, Sirdaryo viloyatida 40 nafar, Jizzax viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar hamda Buxoro viloyatida 12 nafar, jami 359 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 10 831 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 010 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.