Germaniyada ikki kishilik kichkina samolyot turar joy binosiga qulab tushdi, kamida uch kishi halok bo’ldi. Bu haqda “FOCUS Online” xabar bermoqda.

samolyot halokat havo qozoq
Foto: O’zA

Ta’kidlanishicha, voqea Vezel shahrida yuz bergan. Samolyot uyning tomiga shikast yetkazgan, natijada yong’in kelib chiqqan, holat hozirda bartaraf etilmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, ikki kishilik samolyotning uchuvchisi o’lganmi yoki bortda yana kimdir borligi hozircha noma’lum. Bundan tashqari, jarohat olgan bola haqida xabar berilgan.

Mavzuga doir:
Rossiya chegaralarida hafta davomida 32 ta samolyot razvedka oʻtkazdi
Turkiyada samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
AQShda ikki yengil samolyot to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo’ldi

Halokat sodir bo’lgan joyda qutqaruvchilar parashutni topishgan. Hozircha boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.