Lissabon (Portugaliya)dagi Molekulyar tibbiyot institutining bir guruh olimlari o‘ziga tushgan koronavirus zarralarini neytrallashtiruvchi himoya niqobi ixtiro qilishdi. Bu haqda “La Razon” xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Institut xodimi Joao Lobo Antuneshning aytishicha, ushbu natijaga maxsus qoplamali innovatsion mato hamda suv o‘tkazmaydigan bir necha qatlam evaziga erishilgan.

Sinovlarda niqob koronavirus molekulalari mavjud suyuqlikka solib qo‘yildi, oradan bir soat o‘tib viruslarning 99 foizi o‘z xususiyatini yo‘qotgan.

Mavzuga doir:
Braziliyalik olimlar koronavirusni 99 foiz zararsizlantiradigan mato ishlab chiqishdi
Amerikalik shifokor COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vositani ma’lum qildi
AQShda insonda “kovid” borligini lahzada aniqlab beradigan detektor ishlab chiqildi

Niqobdan ko‘p marta foydalanish mumkin. Fransiyadagi Paster institutidagi sinovlar uni 50 martagacha yuvib ishlatish mumkinligini ko‘rsatdi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 638 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.