Foto: Forbes

Bu haqida Krishtianuning do‘sti jurnalist Edu Agirre xabar bermoqda. “Men bilaman, Ronaldu yana “Real”ga qaytishni xohlayapti. U “Barselona” bilan o‘yinga kelganida Madridni sevishini his qildi. U bundan zavqlandi.

“Hozir uning barcha o‘y – xayollari faqat “Yuventus”da, ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, lekin u Madridga qaytishni xohlayotganini his qilmoqdaman”, dedi E. Agirre.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Ronaldu 2009 – 2018 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan.