Ijtimoiy tarmoqdarda “EGOIST AST” MChJ tomonidan chirigan kartoshka urug‘liklari sotilayotganligi fermerlarda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Foto: O’zA

O’zA taqdim etgan xabarga ko’ra, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida kartoshka ekilishi belgilanib, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlaridagi 656 nafar fermer xo‘jaliklariga “EGOIST AST” MChJ tomonidan 44,8 mlrd. so‘mlik 6400 tonna kartoshka urug‘ligini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan va 23,6 mlrd. so‘m pul firma hisob raqamiga o‘tkazilgan.

“EGOIST AST” MChJ tomonidan Rossiyadan olib kelingan 498 tonna kartoshka urug‘ligidan 394 tonnasi yaroqsiz deb topilganligi, 104 tonnasiga muvofiqlik sertifikati berilganligi va 60 tonna “Udacha” navli kartoshka urug‘ligini O‘zbekiston hududida ekish belgilanmaganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, mahalliy “Samgold” MChJdan xarid qilingan 500 tonna kartoshka urug‘ligining sifat sertifikatlari mavjud emasligi, ushbu pul mablag‘laridan 600 mln. so‘mi transport xizmatini ko‘rsatish litsenziyasiga ega bo‘lmagan “HAMROX ASIL YUKSALISH” MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berilib, pul mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan.

Mavzuga doir:
Bo’kada savdo do’konida tashkil etilgan qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Surxondaryo viloyati hokimini o‘ldiga chiqargan shaxs jarimaga tortildi
Xorazmda yer olib berishni vada qilgan hokimlik vakili $8000 bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 06.07.2020 yilda “EGOIST AST” MChJ rahbari A. Safarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.