AQShdagi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchilari odamda koronavirus bor-yo‘qligini deyarli lahzada aniqlab beruvchi qurilma ixtiro qilishdi, deb yozmoqda “MK”.

Foto: Google

Qolaversa, detektor ilgari bu kasal bilan og‘riganlarda unga qarshi immunitet hosil bo‘lganmi-yo‘qmi — shuni ham aniqlab beradi, deyiladi xabarda.

Detektor funksiyasi rangli spektroskopiya usuliga qurilgan. Bemorlar test natijalarini telefondagi maxsus ilovaga ham jo‘nata olishadi.

Mavzuga doir:
Braziliyalik olimlar koronavirusni 99 foiz zararsizlantiradigan mato ishlab chiqishdi
Amerikalik shifokor COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vositani ma’lum qildi
Olimlar koronavirusning eng erta alomatlarini topishdi

Qurilma haqida batafsil ushbu maqolada (ingliz tilida) yozilgan. 

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 638 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.