Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Andijonda joriy yilning 22-iyul kuni soat 17:00 da Xonobod shahar Kampirrovot MFYda yashovchi 36 yoshli O.M., farzandi 16 yoshli voyaga yetmagan A.N., bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qolib, farzandi A.N., ni Xonobod shahar Obi-hayot ko‘chasiga olib boradi.

Qayd etilishicha, u yerda bo‘lgan voyaga yetmaganlar: 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P., larning yo‘lini to‘sib, ulardan qay biri farzandi A.N., bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini so‘rab, dalaga olib o‘tib, M.A. va O.A., lar bilan o‘g‘lini birga-bir urushtirgan.

Janjal vaqtida M.A., ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M., farzandining tengdoshlari bo‘lgan M.A., O.A. va X.N., larni urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, M.A. va O.A., lar ota-o‘g‘il bilan urushni davom ettirish maqsadida o‘zlarining 14 nafar tarafdorlarini chaqirishib, O.M. va uning farzandi A.N., larni urmoqchi bo‘lishib, Xonobod shahar Kampirrovot MFYda to‘planishgan vaqtida, bundan Xonobod shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borishgan hamda ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida IIB binosiga olib kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Bo’kada savdo do’konida tashkil etilgan qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Surxondaryo viloyati hokimini o‘ldiga chiqargan shaxs jarimaga tortildi
Xorazmda yer olib berishni vada qilgan hokimlik vakili $8000 bilan ushlandi

Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.