Italiyaning “Internatsionale” klubi 2021-yili «Barselona” sardori Lionel Messini o‘z tarkibiga qo‘shishga urinib ko‘radi. Bu haqda “Sport Mediaset” portali xabar berdi.

Foto: Football24

33 yoshli Messining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021-yil 30-iyunigacha tuzilgan. Milanliklar ayni paytda klubi bilan munosabatlari uncha yaxshi bo‘lmagan Messini shartnoma muddati tugaganidan so‘ng bepulga qo‘lga kiritishdan umidvor.

Yakuniga yetgan mavsumda argentinalik yulduz “Barselona’ uchun 42 marta maydonga tushib, 30 ta gol urgan, 26 ta golli uzatma oshirib bergan, Ispaniya chempionatining to‘purari (25 ta gol) va eng yaxshi assistenti (22)ga aylangan.

Mavzuga doir:
Ronaldu Messining natijasini takrorladi
Messi 2021-yilda “Barselona”ni tark etmoqchi – OAV
Messi bilan “Barselona” o‘rtasidagi muzokaralarning to‘xtatilish sababi ma’lum bo‘ldi