Foto: Sputnik

Taʼkidlanishicha, jismoniy shaxslarga yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi beriladi.

“Jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqini berish boʻyicha takliflarni kiritsin”, – deyilgan hujjatda.

Shuningdek, yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi toʻgʻrisida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etiladi va avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish amalga oshiriladi.

Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qoʻllashni hisobga olgan taklif kiritish topshirilgan.