Vetnam hududida uch oydan ortiq “tanaffus”dan so‘ng ilk marta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Nguyen Txan Long bugun ma’lum qildi.

Foto: KP

“Mamlakat ichkarisida 16-apreldan beri birinchi marta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi”, — dedi SSV rahbari.

U bemor mamlakat markazidagi Danang shahrida yashovchi 57 yoshli fuqaro ekanini, virusni yuqtirish sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Rossiyadan “Vetnam havo yo‘llari” orqali keltirilgan yana ikki nafar fuqaroda koronavirus chiqqan. Bungacha shu samolyotda kelgan 16 nafar yo‘lovchida kasallik borligi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir:
Vetnamda 20 kun ichida koronavirus infeksiyasining yangi holatlari aniqlanmadi

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Vetnamda virus birinchi marta aniqlangan 23-yanvardan beri koronavirusni yuqtirish holatlari soni jami 416 taga yetdi. Shulardan 365 nafari to‘liq tuzalib ketgan. Shifoxonalarda 51 nafar bemor vrachlar nazorati ostida, 11,8 ming kishi karantinga olingan.

Vetnamda hozirgacha koronavirusdan vafot etganlar qayd etilmagan.