Dunyoning eng baland arg’imchoq joylashgan park markaziy Chunsinda mehmonlar uchun ochildi. Bu haqda “Euronews” xabar qildi.

Foto: Skrinshot

Undagi attraksion Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu balandligi 100 metr bo’lgan kamalak kamaridir.

Adrenalinni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib tanlov desak ham bo’ladi.

Majmua jar yoqasida qurilgan bo’lib, attraksion soatiga 130 km/s. tezlikda harakatlanadi. Pastlaganingiz sari go’zal vodiy ko’z o’ngingizda namoyon bo’la boshlaydi.

Mavzuga doir:
Buyuk Xitoy devori va Pekin hayvonot bo’gining bir qismi ochildi
Fransiyada Versal saroyi ochildi