Nyu-York shtatining Sautgempton kasalxonasi xodimlari taniqli rassomlarning abstrakt ekspressionizm uslubida ishlangan asarlari saqlanadigan omborni topdi. Bu haqda “New York Post” yozmoqda.

Foto: New York Post

Xabarga ko’ra, tibbiyot muassasasi xodimlari o’pkani sun’iy shamollatish apparatlarini qo’yish uchun joy qidirayotganida tasodifan rasmlarni topgan.

Omborda Villem de Kuning, Aleksandr Kolder, Robert Desh va boshqa mashhur rassomlarning litografiya, rasm va yog’ochdan yasalgan haykallari bor edi.

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, 1950-1980 yillarda yaratilgan ushbu asarlarning barchasi rassomlarning kasalxonadagi shifokorlarga bergan sovg’asi edi, chunki o’sha paytda u hududdagi yagona tibbiyot muassasasi bo’lgan.

Topilgan barcha ishlar Kaminski kim oshdi savdosida sotiladi. Ularning boshlang’ich narxi yuz ming dollarni tashkil etdi, ammo mutaxassislarning fikriga ko’ra, bu millionga yetishi mumkin. Kim oshdi savdosidan tushgan mablag’ kasalxonaga va Sautgempton tarixiy muzeyiga topshiriladi.

Mavzuga doir:
Dunyoning eng koʻp milliarderlari yashash uchun qaysi shaharni tanlagan?
Koronavirusga chalinganlarda noodatiy belgilar kuzatildi
Nyu-Yorkda shifokorning eng katta rasmi paydo bo’ldi

Avvalroq, AQShda do’kon xizmatchisi Salvador Dali chizgan suratni topgan edi. Mutaxassislar Dantening “Ilohiy komediyasi” uchun akvarelda chizilgan bir qator rasmlar Daliga tegishliligini aniqlagan edi. Asar 1200 dollarga sotilgan va undan tushgan mablag’ xayriya ishlariga sarflangan.