Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi dotsenti Dilfuza Hasanova javob berdi.

Foto: On-desktop

Savol: Koronavirus bilan kasallangan bemorlar qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari kerak?

Javob: Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar uchun taomlar yengil hazm bo‘ladigan, vitamin, mikroelement va oqsilga boy bo‘lishi kerak. Taomlarni kichik hajmda barra salat va ko‘katlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:
Mutaxassis soch to’kilishining ikkita asosiy sababini aytdi
Nega uyqudan oldin smartfondan foydalanmaslik kerak?
Olimlar yurakni kasalliklardan himoyalovchi mahsulotni aniqlashdi

Bular — qaynatma sho‘rvalar, qiyma go‘shtlaridan tayyorlangan kotletlar, teftellar, frikadelkalar, baliq go‘shti, tvorog, suvda qaynatib chala pishirilgan tuxum, dukkaklilardan tayyorlangan suyuq taomlar, arpa bo‘tqalari.

Shuningdek ko‘p miqdorda suyuqlik ichilishi maqsadga muvofiq. Turli meva sharbatlari, kompotlar, ko‘k choy, limon, smorodina, zanjabil, asal va malina choylari shular jumlasidan.