Holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Sputnik

Toshkent viloyati. 2020 yilning 21 iyul kuni soat 18:30 da Bo‘ka tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro 51 yoshli A.T., o‘ziga tegishli Bo‘ka tumani Toshloq MFYda joylashgan savdo majmuasida 5 nafar shaxslarga qonunga xilof ravishda pul tikib qimor o‘yini o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Tadbir davomida 1 510 000 so‘m va A.T., dan 10 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mavzuga doir:
Qimorxona tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi
Namanganda yashash xonadonida qimorxona tashkil etgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.