2020-yil 25-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 755 (+102) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Toshkent shahrida, 32 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9174 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.