Braziliya va Ispaniya olimlari bir necha daqiqada koronavirusni zararsizlantiradigan mato ishlab chiqishdi, deya xabar berdi “Agencia Brasil” agentligi.

Foto: AgenciaBrasil

Braziliyadagi San-Paulu universitetining Biotibbiy fanlar instituti, Ispaniyadagi Jaume I universiteti va Braziliyadagi Funksional materiallarni ishlab chiqarish markazi olimlari koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaradigan SarS-CoV-2 virusini bir necha daqiqada zararsizlantiradigan mato ishlab chiqdilar.

Loyihaga Nanox nanotexnologiya kompaniyasi hamkor bo‘lgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, to‘qima taxminan ikki daqiqada yangi koronavirusni 99,9 foiz zararsizlantiradi. Mato kasalxona kiyimlarini tayyorlash uchun ishlatiladi va tez orada sotuvga chiqadi.

Mato poliyester va paxta qatlamidan, shuningdek kumush mikropartikullardan iborat. Kichik kumush zarralardan foydalanish uzoq vaqtdan beri qo‘llaniladigan usul. U to‘qimachilik, kosmetika va bo‘yoq sanoatida ishlatilgan.

Biotibbiyot fanlari instituti ilmiy xodimi Lucio Freytas “Agência Brasil” agentligiga ma’lum qilishicha, matoning samaradorligi Braziliyada tekshirilgan.

Mavzuga doir:
Amerikalik shifokor COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vositani ma’lum qildi
Venera sayyorasida olimlar ilk marta faol vulqonlarni aniqlashdi
Olimlar koronavirusning eng erta alomatlarini topishdi

Mato haqiqatan ham samarali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun olimlar molekulyar tahlilning ikkinchi bosqichini o‘tkazdilar. Mahsulotni sotuvga chiqarishdan oldin olimlar matoni uning virusga qarshi, mikroblarga qarshi xususiyatlarini sinovdan o‘tkazgan.

Braziliyada hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 2,348,200 kishini, qurbonlar esa 85,385 nafarni tashkil etmoqda.