AQSh harbiy-havo kuchlarining Florida shtatidagi bazasida “qurolli tartibsizlik” yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Foto: Sputnik

“Bugun bizning bazamizda qurolli ichki tartibsizlik bo‘lib o‘tdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohat oldi”, – dedi Xerlbert-Fild aviabazasining 1-maxsus operatsiya qanoti qo’mondoni Facebook’dagi sahifasida.

Bo‘lim xavfsizlik maqsadida otishma sodir bo‘lganidan keyin baza yopilganini aytdi.

Mavzuga doir:
Afg’onistonda “Tolibon” hujumida olti politsiyachi o’ldirildi
Texasda ikki politsiyachi otishma paytida halok bo’ldi

Jarohatlangan kasalxonaga yuborilgan. Hozirda harbiy bazada tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.