Transport vazirligi xabariga ko’ra, shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan talabalarimiz olib kelindi.

koronavirus uzbekiston
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli xorjiy davlatlar o‘rtasida transport qatnovlariga nisbatan qo‘yilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish va o‘z oilalari bag‘riga omon-eson yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan avgust oyining birinchi dekadasida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali O‘zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorjiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Yevropadan navbatdagi charter reys bilan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi
Isroildan charter reys bilan qaytayotganlar karantinni uyda o‘tashlari mumkin
Rossiyada tahsil olayotgan 200 ga yaqin talabalar yurtimizga olib kelindi