Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson qirollik harbiylarini kelayotgan qishgacha to‘rt ofatga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda “Daily Mail” yozmoqda.

Foto: TASS

Siyosatchi koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini, mavsumiy gripp epidemiyasi, kutilayotgan suv toshqinlari hamda Brexitni nazarda tutgan: Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqishining o‘tish davri 2020-yil dekabrida nihoyasiga yetadi.

Jonsonning bu galgi topshirig‘i uning oldingi bayonotlarida aytganlarini inkor etishini nashr e’tibordan qochirmagan: bosh vazir mamlakat normal hayotga qaytishi uchun koronavirus bo‘yicha cheklovlarni yaqin orada olib tashlashga va’da bergandi.

Mavzuga doir:
Britaniyaliklar bosh vazir maoshini qisqartirish tarafdori
Bosh vazir Jonson COVID-19’dan xalos bo’lgandan so’ng ko’rish qobiliyati yomonlashdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson farzandli bo’ldi