Foto: Mir 24

Kasallikning 2 – mart kuni (bir kunlik) oʻsishi Xitoyda 206 nafar (0,25 %), boshqa davlatlarda esa 2084 nafar (23,4 %) ni tashkil etdi.

Janubiy Koreyadan charter reys bilan olib kelingan fuqarolar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga koʻra 14 kun muddat (kasallikning yashirin davri) davomida tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Fuqarolar kuniga 2 mahal tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari aniqlanmadi.

Maʼlumot uchun: 1 – mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 28 ta reys orqali 4 422 nafar, temir yoʻllar orqali 5 ta poyezdda jami 702 nafar shaxs, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 816 ta avtotransportning egalari va 40 654 nafar yoʻlovchi shaxslar termometriyadan oʻtkazildi. Xitoy Xalq Respublikasidan 21 nafar Xitoy fuqarosi va 7 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shuningdek Janubiy Koreyadan 7 nafar Oʻzbekiston fuqarosi kelgan boʻlib, ularning boradigan manzillari aniqlanib, salomatlik holati ustidan tibbiy kuzatuv tashkil etildi.

Epidemiologik koʻrsatmaga asosan, joriy yilning 2-mart kuniga qadar jami 1 478 ta namuna COVID – 19 koronavirus infeksiyasiga tekshirildi, ularda mazkur infeksiya aniqlanmadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni maʼlum qiladiki, joriy yilning 2-mart holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mamlakatimiz aholisi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.