Qirgʻizistonda 30-iyul koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga milliy motam kuni deb eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov maʼlum qilgan.

Foto: Sputnik

Davlat rahbari ayrim mamlakatlarda kasallik tufayli vafot etgan yurtdoshlar xotirasiga Milliy motam kuni eʼlon qilinganligini eslatib oʻtgan.

“Ha, men bu haqda oʻylagan edim. Muddatidan oldin gapirishni istamagandim, ammo shu haqda gap borar ekan, maʼlumot berishni zarurat deb bildim. 31-iyul kuni biz Qurbon hayitini nishonlaymiz, 30-iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni eʼlon qilinadi. Tegishli qaror chiqariladi”, — dedi Jeenbekov.

Davlat rahbari yaqinlarini yoʻqotgan yurtdoshlarga sabr tilagan.

Ushbu mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 32,124 kishini, qurbonlar esa 1249 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyo mintaqasida bunga qadar 13-iyulda qo’shni Qozogʻistonda milliy motam kuni eʼlon qilingan edi.