Ijtimoiy tarmoqlar Toshkent viloyati hokimligi xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani mazmunidagi xabar tarqaldi.

Foto: Google

Toshkent viloyati hokimligi ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

“Bu xabarni inkor qilmagan holda ta’kidlaymizki, barchangizga ayon bo‘lganidek, COVID-19 infeksiyasini yuqtirishdan hech kim istisno emas.

Toshkent viloyati hokimligi ikki haftadan beri masofadan ishlash tizimiga o‘tgan. Hokimlik binosiga kiruvchi xodimlardan kunlik test olinmoqda.

Toshkent viloyati hokimligida ishlovchi jami 4 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularda kasallik simptomsiz kechayotgani uchun uy sharoitida davolanishmoqda.

Infeksiya aniqlangan xodimlar uy sharoitida, masofadan ishlayotgan hamkasblarimizdir. Shu bois, hokimlik binosi karantinga olinmaydi.

Biz bu xabarni alohida ahamiyatga ega bo‘lgan axborot sifatida taqdim qilishni lozim ko‘rmagan edik. Chunki, endilikda tashkilot, korxona va davlat boshqaruvi organlari xodimlari orasidan shu kasallik bilan og‘rigan insonlar ko‘plab uchrayotgani uchun, bu holatni alohida tarzda, favqulodda yangilik sifatida e’lon qilishdan ma’ni yo‘q edi.

Bugunning eng muhim yangiligi, ko‘rib-kuzatib turganingizdek, virus tarqalishini jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mazmunidan kelib chiqmoqda“, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:
“Hokimliklarning 3 ming qaroridan 42 foizi sudlarda bekor qilingan” – Tanzila Norboyeva
Kitob tumanida karantin choralari kuchaytirildi. Hokimlik aholidan vahima qilmaslikni so‘radi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 nafarga yetdi.