Tojikiston hukumati huzuridagi Din, urf-odatlar, marosimlar va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi o‘zining rasmiy veb-sahifasida viloyat, shahar va tumanlar davlat hokimiyati ijro etuvchi organlariga to‘y marosimlarini tashkil etish va o‘tkazishning yangi qoidalari haqida telegramma yuborilgani to‘g‘risida axborot eʼlon qildi.

Foto: Sputnik

Hukumat ko‘rsatmalariga binoan mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida to‘ylar faqat oila aʼzolari ishtirokida, tor doiralarda o‘tkazilishi kerak. To‘y marosimida 30-40 kishidan ortiq kishi ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi, deyiladi qo‘mita manbasida.

COVID-19  profilaktikasi bo‘yicha Respublika shtabi joriy yil aprel oyining oxiridan boshlab to‘y marosimlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi. Keyinroq, yaʼni 15-iyundan boshlab barcha sanitariya meʼyorlari va ijtimoiy masofalarga amalga qilgan holda 100 nafardan oshiq mehmonlar ishtirokidagi to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berdi.

Ushbu mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 7104 kishini, qurbonlar esa 58 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir:
Tojikistondagi zilzila kuchi Termizda sezildi
Tojikiston fuqarosi Germaniyada terakt tayyorlashda ayblanmoqda
O‘zbekiston 1,5 mlrd. so‘mga Tojikistondan suv sotib olmoqda