Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Pixabay

Unda koronavirus infeksiyasini davolash va kasallikni oldini olish bo‘yicha savollarga javob qaytarildi.

Savol: O‘zimda koronavirus infeksiyasi borligiga shubham bo‘lsa, uning bor yoki yo‘qligini qanday bilsam bo‘ladi?

Javob: Birinchi navbatda – sarosimaga tushmaslik. COVID-19 tufayli xavotirda bo‘lish – bu tabiiy hol. Lekin nazarda tutingki, aksariyat odamlar COVID-19ni nisbatan yengil o‘tkazadilar.

Agar oxirgi ikki hafta mobaynida koronavirus bilan zaralangan bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganingiz aniqlansa, bilingki siz kasallikning yengil turini o‘tkazayotgan bo‘lishingiz mumkin va sizda quyidagi simptomlar bo‘lishi kerak:

  • tana xarorati normal bo‘lishi yoki 38-38,5 darajagacha ko‘tarilishi;
  • terlash;
  • yo‘tal;
  • holsizlik kuzatilishi mumkin.

Mavzuga doir:
Toshkentda ertadan bepul dori-darmon qutichalari tarqatiladi
Habibulla Oqilov ishtirokida o’tkazilgan brifingdan muhim savollarga javoblar
“Kovid” tufayli ta’m va hid bilishning yo‘qolishi qachon tiklanadi?

Bo‘lishi va bo‘lmasligi mumkin simptomlarga quyidagilar kiradi:

  • bosh og‘rig‘i,
  • tomog‘dagi og‘riq,
  • burun bitishi,
  • hid va ta’m sezishning pasayishi yoki yo‘qolishi,
  • ko‘ngil aynashi,
  • qusish va diareya (ich ketishi).