Foto: Google

Qarorga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:

– 2021 yil 1 yanvardan boshlab, buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishi va 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotni ushbu standartlar asosida tayyorlashi;

– 2021 yil yakuniga qadar xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, CPA, CIPA, DipIFR) yoki “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga ega kamida uch nafar mutaxassis mavjud bo‘lishi;

Shu bilan birga, qarorga ko‘ra davlat ulushi bo‘lgan korxonalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida MHXS bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tishi belgilandi.

Bundan tashqari, hujjatga asosan MHXSni joriy etish hamda mazkur sohada kadrlarni tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.