Koronavirusni davolashda ishlatiladigan “Remdesivir” preparatining dunyodagi deyarli 90 foiz zaxiralari AQSh rasmiylari tomonidan sotib olingan. 

Foto: Centre1

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda dori-darmonlar narxini pasaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzolashdan oldin qilgan nutqida ma’lum qildi.

“Mening ma’muriyatim koronavirusda yaxshi ta’sirga ega “Remdesivir” preparatining dunyodagi 90 foiz zaxirasi ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi”, – dedi Tramp.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining dori vositalari zaxiralarini egallab olishi jamoat tashkilotlari va ekspertlar tomonidan tanqid qilinmoqda.

Amerika Qo’shma Shtatlarida hozirga kelib aniqlangan infeksiyalar soni 4 248 492 kishini tashkil etmoqda. Kasallik qurbonlari esa 148 492 nafarga yetgan.

Mavzuga doir:
Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashishdi
Tramp vaksina borasida xushxabar borligini aytdi
Tramp ilk marta omma oldida niqobda paydo bo’ldi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 638 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.