“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hududida joylashgan “Janubiy Tandircha” konida ish vaxta rejimida tashkil etilgan. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: NTV

2020-yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, konda 35 ta quduqdan tabiiy gaz qazib olinmoqda. 6 ta quduqda esa burg‘ilash va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Hozirga qadar, ushbu kondan 830 mln. kub metr tabiiy gaz va 9,8 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. 24 ta quduqda intensifikatsiya ishlari bajarilib ishga topshirildi va natijada qo‘shimcha 4,1 mln.m³ tabiiy gaz qazib chiqarishga erishilgan.

Ushbu konda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida bitta quvur orqali ishlayotgan 8 ta gaz quduqlarining shleyf quvurlarini alohida ulash uchun qo‘shimcha 7,8 km. uzunlikdagi diametri 114 mm. gaz quvurlari montaj qilinib ishga tushirildi.

Shuningdek, 2-yig‘uv joyi quduqlaridan qazib olinayotgan gazni Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga yo‘naltirish uchun 1,0 km uzunlikdagi diametri 377 mm. gaz quvuri ham montaj qilingan.

2020-yilda “Janubiy Tandircha” konidan 1,6 mlrd. kub metr tabiiy gaz va 20,5 ming tonna gaz kondensati qazib olish rejalashtirilgan. Ikkinchi yarim yillikda 8 ta quduq burg‘ilanib ishga topshirilishi mo‘ljallanmoqda va bu quduqlardan qo‘shimcha 33,3 mln. kub metr tabiiy gaz va 0,8 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishiladi.

Mavzuga doir:
“Kuchlik neft bazasi”ga yangi rahbar tayinlandi
Qashqadaryodagi “Bo‘zaxur” konida ham Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi quriladi
Ustyurtdagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar hajmi ortdi

Hozirgi kunda uglevodorodlar qazib chiqarishni ko‘paytirish Dasturiga asosan konda siquv kompressor stansiyasi qurish maqsadida “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan hamkorlikda loyiha oldi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.