“Microsoft” asoschisi Bill Geyts uni koronavirus pandemiyasiga aloqadorlikda ayblagan fitna nazariyalarini yana bir bor rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Foto: Xalq so’zi

Koronavirus boshlangandan beri ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Bill va Melinda Geyts jamgʻarmasining pandemiyaga aloqadorligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, ular goʻyo insoniyatni chiplashtirib, dunyo miqyosida kuzatish uchun vaksinadan foydalanmoqchi.

Geytsni “dunyo aholisining 15 foizini yoʻq qilish” niyatida ayblagan videolavha esa YouTubeʻda millionlab foydalanuvchilar tomonidan koʻrildi.

“Bu pandemiya, ijtimoiy media hamda juda oddiy izoh qidirayotgan odamlarning tushkun kombinatsiyasi”,- deydi CNNʻga bergan intervyusida Geyts pandemiya bilan kurashish uchun jamgʻarmasi tomonidan 250 million dollar xayriya qilinganini eslatar ekan.

“Baribir ham, hamma narsa teskari tomonga oʻzgaradi. Ularning aytishlaricha, biz pul ishlayapmiz va shuning uchun ham odamlarni vaksinalar bilan oʻldirishga harakat qilmoqdamiz”,- deb qoʻshimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.

Mavzuga doir:
“Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi” – Bill Geyts
Bill Geyts Yaponiyaning “Quyosh chiqishi” ordeni bilan taqdirlandi
Bill Geyts koronavirus bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchimi?

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 638 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.