Filippindagi “Rappler” internet nashrining yozishicha, filippinlik 17 yoshli futbolchi qiz Aliana Batista koronavirusga chalinib, uzoq muddat davom etgan kasallikdan so’ng hayot bilan vidolashdi.

Foto: Prosports

Nashrning yozishicha, Aliana futbol boʻyicha Fillipin ayollar terma jamoasi futbolchisi Marti Batistaning singlisi boʻlib, mamlakatdagi “Ateneo Ledi Iglz” jamoasining umidli himoyachilaridan biri boʻlgan.

“Rappler” sharhlovchisining fikriga koʻra, Aliana Batista koronavirusdan vafot etgan janubiy-sharqiy Osiyo mintaqasidagi eng yosh professional futbolchidir.

Mavzuga doir:
Osiyoning XX asrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri koronavirusdan vafot etdi
Italiyalik 21 yoshli futbolchi qiz avtohalokat qurboniga aylandi