2020-yil 25-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 (+293) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 242 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 074 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.